Temurxo‘ja Abduxoliqov yangi klub bilan shartnoma imzoladi
4 mavsumlik tanaffusdan keyin Temurxo‘ja Abduxoliqov "Lokomotiv"ga qaytdi. Bu haqida klub rasmiy sahifasida ma'lum qildi.
Klubimiz tarixida eng ko‘p gol urgan afsonaviy futbolchilarimizdan biri Temurxo‘ja Abduxoliqov bunga qadar "Loko" uchun 161 o‘yinda qatnashib, 79 gol va 10 assist qayd etgan.
O‘tgan mavsumda "Bunyodkor" tarkibida harakat qilgan hujumchi 25 o‘yinda 8 gol va 3 assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.

Fikrlar