Asosiy mazmunga oʻtish

Ten Hag: "Men Maktominayning ketishiga qarshi edim"

Oybek Yo'ldoshev
Izohlar: 0

Erik ten Hag «Manchester Yunayted» rahbariyatini roziligisiz Skott Maktoninayni «Napoli»ga sotib yuborgani uchun va’dada turmaganlikda aybladi.

«Manchester Yunayted»ning sobiq bosh murabbiyi Erik ten Hag klub rahbariyati Skott Maktoninayni uning roziligisiz sotib yuborganini ma’lum qildi.

Murabbiyning so‘zlariga ko‘ra, u shotlandiyalik yarimhimoyachini jamoada qoldirishni qat’iy so‘ragan.

«Juda xafa bo‘ldim. Biz oldindan kelishib olgandik, men esa Skott Maktoninayni sotmasliklarini iltimos qilgan edim. Chunki jamoada gol uradigan futbolchilar yetarli emasdi, Skott esa doim natija ko‘rsatayotgandi. Uning qonida “Manchester Yunayted” bor. Mendan so‘rashganda ham uni sotishga qarshi edim. Lekin oxir-oqibat baribir uni sotib yuborishdi», — deya ten Hagning so‘zlarini keltiradi The Athletic nashri.

Skott Maktoninay «Manchester Yunayted» tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 2024 yilda «Napoli» klubiga o‘tdi.

Erik ten Hag 2022 yildan 2024 yilgacha «qizil iblislar»ni boshqargan. Uning qo‘l ostida klub ikki marta sovrin qo‘lga kiritgan.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q