Tennis. Novak Jokovich Olimpiada medalidan quruq qoldi

  • 01.08.2021 00:07
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Tennis

Tokio Olimpiadasi tennis bellashuvlarida eng kuchli sportchilar aniqlanishda davom etmoqda.

Jahonning birinchi raqamli raketka ustasi Novak Jokovich bronza medali uchun kechgan bahsda Pablo Karreno Bustaga qarshi kortga chiqdi. 3 set davom etgan o‘yinda ispaniyalik sportchi 6:4, 6:7 (6:8), 6:3 hisobida g‘alaba qozondi.

Ma’lumot uchun, bu bosqichga qadar Ugo Delen, Yan-Lennard Shtruff, Alexandro Davidovich-Fokina, Kei Nisikorini mag‘lub etgan va yarim finalda Aleksandr Zverevga yutqazib qo‘ygandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!