Tennischilarimiz bosh sovringga asosiy davogar
Qozog‘istonda Xalqaro tennis federatsiyasi tomonidan o‘smirlar o‘rtasida o‘tkazilayotgan "G5" turkumiga kiruvchi "Aktobe Open" turniri o‘tkazilmoqda. Mazkur musobaqada ishtirok etayotgan tennischilarimiz yakkalik va juftlik bahslarida mamlakatimiz sharafini munosib himoya qilmoqda.
Turnirning yakkalik bahslarida Abdurahmon Saidmuhamedov qozog‘istonlik Nikita Sidorovni 6:4, 6:0 hisobida mag‘lub etdi.
Shu tariqa, chorak finalga chiqqan A.Saidmuhamedov esa boshqa rus tennischisi Vladislav Gavrilov bilan kuch sinashadigan bo‘ldi.

Fikrlar