Asosiy mazmunga oʻtish

Tennis

Tennischimiz Xorvatiyadagi nufuzli turnirida g‘alaba qozondi

Javohir Malikov
Izohlar: 0

Makarska shahrida tennis bo‘yicha WТА125 tasnifiga kiruvchi musobaqa o‘tkazildi

Xorvatiyaning Makarska shahrida tennis bo‘yicha WТА125 tasnifiga kiruvchi musobaqa o‘tkazildi. Unda ishtirok etgan O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Mariya Timofeeva bosh sovrinni qo‘lga kiritdi.

Yurtdoshimiz final bahsida latviyalik Darya Semenistayani 6:2, 6:3 hisoblarida mag‘lubiyatga uchratishga erishdi. Ushbu g‘alabadan keyin ochkolarini 125 taga ko‘paytirib olgan tennischimiz jahon tasnif jadvalida 27 pog‘ona yuqorilab, 91-o‘ringa ko‘tarilib oldi.

Bu haqida MOQ xabar bermoqda.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q