Terma jamoa murabbiyini uning safarda ekanligidan foydalanib tunab ketishdi
Shanba kuni Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Martinesning uyida o‘g‘rilik sodir bo‘ldi.
"A Bola" nashrining xabar berishicha, jinoyatchilar uyga bostirib kirib, qiymati bir million evrodan oshiq bo‘lgan zargarlik buyumlari va soatlarni o‘margan. Bosqin paytida uyda qorovul xodim bo‘lgan. U erto‘laga tushib ketgani bois, o‘g‘rilarning kirib kelganini sezmagan, keyinchalik esa aynan u uyning tunab ketilganini va qimmatbaho buyumlar yo‘qolganini aniqlagan. Martinesning o‘zi o‘sha kuni safarda edi.
Portugaliya milliy terma jamoasining murabbiyi JCh-2026ga tayyorgarlikni davom ettirmoqda. Uning shogirdlari saralash bosqichida Armaniston va Vengriyani mag‘lub etib, guruhda ishonchli start oldi.



Fikrlar