Terma jamoada o‘ynagan futbolchi: O‘z jonimga uch marta qasd qilmoqchi bo‘ldim...

  • 06.04.2026 06:40
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Italiya chempionatining qudratli klublaridan hisoblangan Milaning “Inter” klubi sobiq futbolchisi Freddi Guarin ona yurti Kolumbiyadagi qiyin hayoti va o‘zi to‘qnash kelgan muammolar haqida gapirib berdi.

- “Inter”da o‘ynagan davrimda hamma ishlarim joyida edi. lekin turmush o‘rtog‘im bilan ajrashganimdan so‘ng, muammolarga duch kela boshladim. Ichishga ruju qo‘ydim.

Keyin Xitoydan shartnoma oldim, lekin u yerda mening ruhiy holatim yanada yomonlashdi. Kolumbiyada qolgan yaqinlarimdan juda uzoqqa ketgan edim va ulardan xavotir olardim.  Ota-onam bilan urishardim, otam doim mast edi.

Bu muammolar tufayli men hatto o‘z jonimga qasd qilish haqida o‘ylay boshladim va uch marta o‘zimni o‘ldirishga urindim. Xudo meni asradi, - dedi Freddi Guarin Corriere della Sera nashriga bergan intervyusida.

Ayni paytda 39 yoshga to‘lgan Guarin faoliyati davomida Kolumbiyadan tashqari, Argentina, Portugaliya, Fransiya, Italiya, Braziliya, Xitoyning nomdor klublarida o‘ynagan.

Kolumbiya terma jamoasi safida 58 ta uchrashuvda maydonga tushib, to‘rtta gol urgan yarim himoyachi faoliyatini 2021 yilda to‘xtatib, butsalarini mixga ilgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!