Terri Anri nega Zinedin Zidan "Manchester Yunayted" bosh murabbiyi bo‘lishga qiziqmagani haqida gapirdi
Terri Anri "SBS Sports"ga bergan intervyusida nima uchun Zinedin Zidan "Manchester Yunayted" futbol klubi bosh murabbiyi bo‘lishni istamaganini aytdi.
- Zidan "Manchester Yunayted"ga borishga hozir qiziqadi, deb o‘ylamayman. Fikrimcha, u biror - bir milliy terma jamoadan taklif kutadi. Pochetino PSJni tashlab ketadi, degan fikrda ham emasman. Lekin agar u lavozimini tark etsa, PSJ bosh murabbiyligi Zidan uchun bo‘sh bo‘ladi. Biroq shaxsan men Pochetinoning PSJni tark etishiga ishonmayman, - dedi Terri Anri.
Ma’lumot uchun, Terri Anri 1999-2007 yillarda "Arsenal" jamoasida to‘p tepgan. U hozirda Belgiya terma jamoasida yordamchi murabbiy sifatida faoliyat yuritmoqda.
Fikrlar