
Tezkor! APL klubida iste’fo
Angliyaning "Uotford" klubi ustozi Xisko Munos ishdan olindi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar qildi.
Jamoa rahbariyati ushbu qarorga jamoa qayd etayotgan salbiy natijalarni sabab qilib ko‘rsatgan.
Ispaniyalik murabbiy qo‘l ostida jamoa 2021/22 yilgi mavsumda Prem’er ligaga qaytgandi. Hozirda "Uotford" 7 o‘yinda 7 ochko to‘plagan holda turnir jadvalining 14-pog‘onasini egallab turibdi.
Fikrlar