Tezkor! Eldor Shomurodov faoliyatini Turkiya chempionatida davom ettirishi mumkin

  • 25.06.2023 19:49
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol

“Roma” hujumchisi Eldor Shomurodov Turkiyaning “Galatasaray” klubi qiziqish doirasiga tushib qoldi. 

"Fotospor" nashri xabariga ko‘ra, Turkiya chempioni o‘tgan mavsumning ikkinchi qismini "Spetsiya"da ijara asosida o‘tkazgan O‘zbekiston milliy terma jamoasining hujumchisini faol ravishda kuzatib bormoqda.

2022/23 yilgi mavsumda Shomurodov barcha musobaqalarda 24 ta uchrashuvda maydonga tushib, ikkita gol urdi va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.

Hujumchining "Roma" bilan shartnomasi 2026 yilgacha mo‘ljallangan. "Transfermarkt" portali ma’lumotlariga ko‘ra, Shomurodovning ayni paytdagi narxi olti million evro.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!