Tezkor! Messi PSJ bilan shartnomani bekor qiladi

  • 5 may, 2023, 10:06
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJ hujumchisi Lionel Messi tez kunlarda klub bilan shartnomasini bekor qilishi kutilmoqda, deb xabar tarqatdi Transfer News Live hamda Le Parisien singari nufuzli manbalar.

Tecno

Ma’lumotlarda aytilishicha, amaldagi jahon chempioni o‘n kun ichida klubni to‘liq tark etishni rejalashtirmoqda.

Messi Saudiya Arabistoniga borgani uchun unga ikki haftalik jazo qo‘llanib, jamoadan chetlashtirilganidan keyin mana shu qarorga kelgan.

Messining amaldagi shartnomasi 30 iyunda tugashi kerak edi. Argentinalik yulduzning kelasi mavsumni qaysi jamoada boshlashi hamon mavhum bo‘lib turibdi.  Otasi Xorxe Messi ayni paytda Evropa, Amerika va Osiyo klublari bilan muzokara o‘tkazayotgani haqida xabarlar tarqatilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!