
Tezkor! "Nasaf" yarim himoyachisi legionerga aylanmoqda!
Qarshining "Nasaf" klubi yarim himoyachisi Suhrob Nurulloev faoliyatini chetda davom ettirishga yaqin. SPORTS.uz jurnalisti Yahyoxo‘ja Ulug‘xo‘jaevning ma’lum qilishicha, 26 yoshli futbolchi Malayziya chempionatiga ko‘chib o‘tmoqda.
"Nasaf" a’zosi Suhrob Nurulloev tez orada legionerga aylanadi. Futbolchining yangi jamoasi "Kedax Dorul Aman" jamoasi bo‘ladi. Suxrob kontraktni qabul qilgan. Futbolchi tez kunda Malayziyaga uchib borib, shartnomaga qo‘l qo‘yadi", - deyiladi xabarda.
Fikrlar