Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Tezkor! O‘zbekiston MTJ hujumchisi qishda jamoasini o‘zgartiradi

Oybek Yo'ldoshev
Izohlar: 1

Futbolchi Superligaga qaytishi ham mumkin!

O‘zbekiston terma jamoasi va Tailandning "Patum Yunayted" klubi hujumchisi Igor Sergeev qishda jamoasini o‘zgartiradi.

Bizga ma’lum bo‘lishicha, "Patum" moliyaviy qiyinchiliklarni boshidan o‘tkazayotgani bois, jamoa etakchilari bilan kontraktni bekor qilish borasida muzokara o‘tkazmoqda. Legionerimizda bir nechta o‘zbek klublaridan ham takliflar bor.

Eslatib o‘tamiz, Sergeev Osiyo kubogida olgan jarohatidan so‘ng hali maydonga tushmadi. Tailand kubogi doirasida qaydnomaga kiritildi, biroq maydonga tushirilmadi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q