Tezkor! “Real” Mbappega bugun rasmiy taklif yuboradi. Javob qanday bo‘ladi?

  • 1 yanvar, 2024, 12:21
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

“Real” rahbariyati yanvar oyining birinchi kuni PSJ forvardi Kilian Mbappega rasmiy taklif yuoradi. Bu haqda AS nashri xabar qildi.

Kilian Mbappe transferi bo‘yicha vaziyat mavhumligicha qolmoqda. 25 yoshli futbolchi PSJ taklif qilayotgan yangi kelishuvni qabul qilmayapti.

Evropada qishki transferlar mavsumi ochildi va har qanday klub Mbappe bilan rasmiy muzokaralar o‘tkazishi mumkin.

“Real” bundan unumli foydalanib qolmoqchi. Avvalroq, Evropa matbuoti madridliklar Kilian Mbappega 15 yanvarga qadar transfer bo‘yicha qarorini aytishi kerakligini talab qilayotgani  haqida axborot tarqatilgan.

Bunga qaramay, L'Équipe nashri PSJ klubi rahbariyati Kilian Mbappe Parijda qolishiga aminligini yozdi.

Demak, “Real”  rasmiy taklif beradigan bo‘lsa, Kilian Mbappe tez kunlar ichida unga javob qaytarishi kerak bo‘ladi. Bu frantsiyalik forvard tez orada kelajagi bo‘yicha yakuniy qarorga kelishi shartligini anglatadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!