Tezkor xabar! O‘zbekiston fuqaroligini olgan braziliyalik futbolchi terma jamoaga chaqirildi
Taniqli mutaxassis Alisher Nikimbaev telegramdagi sahifasida BAA terma jamoasining Iordaniya va Tojikistonga qarshi o‘yini uchun chaqirilgan futbolchilar orasida 3 nafar legioner paydo bo‘lgani haqida yozdi.
- Birlashgan Arab Amirliklari terma jamoasi bosh murabbiyi Xoxe Pinto sentyabrda bo‘ladigan yig‘in va Iordaniya hamda Tojikistonga qarshi o‘rtoqlik o‘yinlari uchun futbolchilar ro‘yxatini taqdim etdi. Ro‘yxatda uchta mahalliylashtirilgan xorijlik o‘yinchilarni ko‘rish mumkin: Fabio Lima, Kayo Kanedo va Sebastyan Tyalbu.
Eslatib o‘tamiz, 2014-2015 yilgi mavsumda Lima BAA chempionatida O‘zbekiston fuqarosi sifatida to‘p tepgan. Braziliyalik futbolchi qaerda, qachon va qanday qilib O‘zbekiston fuqarolik pasportini olgani sirligicha qolmoqda. Albatta, bu pasport haqiqiy edi, - deya yozib qoldirdi Alisher Nikimbaev.



Fikrlar