“The Lion”, “Buntarka-23”, “Alligator” nomlari bilan mashhur o‘zbekistonlik jangchilarni bilasizmi?

Sportchilarimizning( jangovar sport turlari) xalq orasida qanday nom bilan mashhur bo‘lganligi haqida ma’lumot berayotgan edik. Bugunga qadar ikki qismini taqdim etishga ulgurdik.  Bugun 3-qismini e’tiboringizga havola etamiz.

Gulbaxor Amantaeva – kikboksing, qo‘l jangi, MMA

Ushbu hamyurtimiz ikki karra kikboksing bo‘yicha jahon chempioni, qo‘l jangi bo‘yicha professionalar o‘rtasida jahon chempioni, MMA bo‘yicha  “Ponkration”da mutloq Evro-Osiyo chempioni, 2 karra “Prayd” yo‘nalishida jahon chempioni bo‘lgan. U sport olamida “Buntarka-23” nomi bilan mashhur bo‘lgan. Hozirda sportni tark etgan va ayni vaqtda ichki ishlar yo‘nalishida faoliyat yuritib kelmoqda.

Gulya

Quvonch Tayg‘onboev – bokschi

Professional boksda o‘ziga yarasha nom qozongan. Ko‘plab muxlislarni yoqimtoyiga aylangan ushbu bokschimiz “Kuva” nomi bilan mashhur bo‘lgan. Uni Rossiya va AQSh ringlarida yaxshi bilishar edi. Ayni kunda u faoliyatini yakunlab, murabbiylik bilan shug‘ullanmoqda.

Kuvonch

Mahmud Muradov -MMA jangisi

UFC dagi birinchi o‘zbekistonlik jangchi, bilasiz avval Chexiyaning XFN promoushenida o‘z janglarini o‘tkazgan. U chexlar yurtida Mach tahallusiga ega bo‘lgan.

1271578838800

Ravshanbek Umurzaqov -bokschi

WBA Asia kamari sohibi bo‘lgan ushbu yurtdoshimizni Rossiyada juda yaxshi tanishadi va uni “Mister pechen” va “Prints” deb atashadi. Ya’ni, “Janob jigarchi” va “Shahzoda”... U bir necha kundan keyin navbatdagi jangini o‘tkazadi. Unga omad yor bo‘lishini tilab qolamiz!

Ravshan_1

Husniddin Po‘latov – bokschi

Ikki vazn toifasida WBA Asia chempionlik kamraini qo‘lga kiritgan mazkur charmqo‘lqop ustasiga Janubiy Koreyaliklar “Kanelo” ga o‘xshatishgan. Shundan so‘ng, u “O‘zbek kanelosi” nomi bilan anchagina mashhurlikka erisha oldi.

Xusniddin

Sher Mamazulunov – kikboksing, K-1

Kikboksingning lou-kik WAKO yo‘nalishi bo‘yicha Moskva chempioni, lou-kik WAKO yo‘nalishi bo‘yicha jahon chempioni, K-1 WPKA yo‘nalishi bo‘yicha Moskva chempioni, K-1 yo‘nalishi bo‘yicha Rossiya chempioni, Professional WAKO (kikboksing) bo‘yicha O‘zbekiston chempioni yana bir qator turnirlar g‘olibi bo‘lgan hamyurtimiz Rossiyada “Alligator” nomi bilan mashhur.

Sher Mamazulunov 3

Shohjahon Ergashev – bokschi

Bugun, ajoyib g‘alabaga erishib, mag‘lubiyatsiz odimini davom ettirayotgan hamyurtimizni “Descendant of Tamerlane” ya’ni Amir Temur avlodi deb atashadi.

shoxjaxon

Zarruh Adashev – kikboksing, MMA

Jahonning ikki mashhur, kikboksingning Glory hamda MMA ning Bellator promoushenida o‘z janglarini o‘tkazadigan yurtdoshimizni okean ortida “The Lion” ya’ni “Arslon” deb atashadi.

Zarrux

Murodjon Ahmadaliev -bokschi

30 yanvar kuni ikki yo‘nalish chempionlik kamari uchun jang qiladigan hamyurtimizni deyarli 90 % yaqinlari mashhur braziliyalik futbolchi Kaka nomi bilan chaqirishadi. Muxlislar ham odatda shunday atashadi. Professional boksga o‘tganidan so‘ng, u AQSh da “MJ_ Kaka” nomi bilan mashhurlikka erishmoqda.

Murod

Bahodir Jalolov – bokschi

Hozirgi kunda jahon professional va havaskor boks olamida eng ko‘p tilga olinayotgan og‘ir vaznli bokschimizning barcha diqqat e’tibori Tokio Olimpiadasiga qaratilgan. U professional boksda ham mag‘lubiyatsiz seriyasini davom ettirmoqda. Ayni vaqtda u butunjahon boks olamida “The Big Uzbek” ya’ni “Katta o‘zbek” nomi bilan mashhur bo‘lib bormoqda.

Luu

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
янгилик.кг жанылык.кг
29/01/2020 23:25
Омод боллар