
"The Ring" reytingni yangiladi. Saul Alvares 8-o‘ringa tushib ketdi, yana bir bokschi esa ro‘xatdan chiqarildi
"The Ring" nashri vazn toifasidan qat’i nazar, eng yaxshi bokschilar reytingini yangiladi.
Ar-Riyoddagi turnirda Uilyam Skullni mag‘lub etgan Saul Alvares bir pog‘ona pastlab, sakkizinchi o‘ringa tushib ketdi. To‘qqizinchi o‘rinni egallagan Devin Xeyni reytingdan olib tashlandi va uning o‘rniga Devid Benavides kelib qo‘shildi. Shuningdek, Kenshiro Teradji ham bir pog‘ona yuqoriladi.
To‘liq ro‘yxat:
1. Aleksandr Usik (Ukraina).
2. Naoya Inoue (Yaponiya).
3. Terens Krouford (SShA).
4. Dmitriy Bivol (Rossiya).
5. Artur Beterbiev (Rossiya).
6. Jessi Rodriges (SShA).
7. Dzyunto Nakatani (Yaponiya).
8. Saul Alvares (Meksika).
9. Kensiro Teradji (Yaponiya).
10. Devid Benavides (SShA).
Fikrlar