Timo Verner: "Chelsi" EChLda g‘olib chiqmoqchi
"Chelsi" forvardi Timo Verner jamoasining Chempionlar ligasidagi imkoniyati haqida gapirib o‘tdi.
“Hozir barcha jamoalar har 3 kunda o‘yin o‘tkazmoqda va shu sababli Chempionlar ligasida g‘alaba qozonish juda qiyin. Ammo bizda ajoyib futbolchilarga ega katta tarkib bor va biz imkon qadar uzoqroqqa bormoqchimiz. Biz Chempionlar ligasida g‘alaba qozonmoqchimiz. Buning uchun biz yaxshi imkoniyatga egamiz”, - dedi germaniyalik futbolchi.
"Chelsi" guruh bosqichining dastlabki turida o‘z maydonida "Sevilya" (0:0) bilan durang qayd etdi va 2-turda safarda "Krasnodar"ni 4:0 hisobida engdi. "Aristokratlar" ertaga 3-turda "Renn"ga qarshi bahs olib boradi.
Fikrlar