Timur Kapadze eski shogirdlarining mundialdagi oʻyinini qanday baholadi?

  • 19.06.2026 00:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

O‘zbekiston milliy terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Timur Kapadze jamoaning 2026 yildagi jahon chempionatidagi debuti haqida fikr bildirdi. 

Eslatib o‘tamiz, mundialning birinchi turida O‘zbekiston terma jamoasi Kolumbiyaga 1:3 hisobida mag‘lub bo‘ldi. O‘zbekiston tarkibida yagona golni Abbosbek Fayzullaev urdi.

- Jahon chempionatidagi ilk o‘yin juda hissiy va mamlakatimiz uchun tarixiy bo‘ldi. Hisobda yutqazganimizga qaramay, jamoa maydonda o‘zini munosib ko‘rsatdi, xarakter namoyish etdi va bunday darajada raqobatlasha olishini ko‘rsatdi. 

O‘yinchilarimiz uchun bu jahon chempionatidagi birinchi tajriba edi, shu bois bu uchrashuv ularning keyingi o‘sishi uchun muhim bosqich bo‘lib qoladi.

Abbosning goli butun o‘zbek futboli uchun alohida ahamiyatga ega. Bu — O‘zbekiston terma jamoasining jahon chempionatlari tarixidagi ilk goli va u tarixda abadiy qoladi. 

Abbos uchun juda xursandman, u bu lahzani o‘z mehnati va maydondagi munosabati bilan munosib qo‘lga kiritdi.

Guruhdan chiqish imkoniyatlariga kelsak, hozircha hech narsa hal bo‘lganiy yo‘q — oldinda yana ikki o‘yin bor. 

Birinchi bahs shuni ko‘rsatdiki, jamoamizda salohiyat bor. Eng muhimi — ilk o‘yindan to‘g‘ri xulosa chiqarish va keyingi uchrashuvlarga maksimal darajada tayyorgarlik ko‘rish. Shunda keyingi bosqich uchun kurashish imkoniyatlari saqlanib qoladi, — dedi Timur Kapadze.

Ma’lumot uchun, 23 iyun kuni O‘zbekiston terma jamoasi Portugaliyaga qarshi maydonga tushadi,  Oxirgi o‘yin esa 28 iyunda Kongo Demokratik Respublikasi futbolchilariga qarshi o‘tkaziladi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!