Tojikiston bosh murabbiyi: "Futbolchilarda ayb yo‘q! Hamma mas’uliyatni o‘z bo‘ynimga olaman"

  • 17 iyun, 2023, 23:02
  • 1
  • Futbol

"CAFA Nation's Cup" turniri guruh bosqichidan o‘rin olgan o‘yinda O‘zbekiston terma jamoasi Tojikistonni yirik 5:1 hisobida mag‘lub etdi. Mazkur uchrashuvdan so‘ng o‘tkazilgan matbuot anjumanida Tojikiston termasi bosh murabbiyi Petar Segrt ishtirok etdi. 

"Avvalambor, O‘zbekistonni ajoyib g‘alaba bilan tabriklayman. Biz yaxshi o‘ynayotgandik. Biroq ikkinchi taymda charchab qoldik va raqib bundan unumli foydalanib ketdi. 

Mag‘lubiyatda mening xatolarim bo‘lganini aytib o‘tmoqchiman. Hamma mas’uliyatni o‘z bo‘ynimga olaman. Futbolchilarda ayb yo‘q. Sababi, tanaffusda o‘zgarish amalga oshirdim va bu o‘yinga o‘z ta’sirini o‘tkazdi. 

Menimcha, hamma ko‘rdi. Biz ilk bo‘limda yaxshi harakat qilayotgandik. Ammo O‘zbekiston charchagan paytimizda ko‘plab vaziyatlar yaratishi tabiiy hol edi va yakunda ham shunday bo‘ldi. 

Srechko Katanetsga ham tezroq safga qaytishini so‘rab qolaman. Uning sog‘ayib ketishini tilayman. Hammasi uchun rahmat, O‘zbekiston! Bu erda ajoyib atmosferani his qildik. Buni ancha vaqtgacha esdan chiqarmasak kerak. O‘zbekistonliklarga bo‘lgan hurmatim yuqori. Ayniqsa, Namanganda bizni juda iliq kutib olishgan.

4 ta belgilangan penaltilar va qizil kartochka juda yaxshi holat emas. Bu bizning natijalarimizga albatta o‘z ta’sirini o‘tkazadi. Buni shunchaki omadsizlik deb hisoblasak ham bo‘ladi. Biroq baribir bu narsalar bizga salbiy ta’sir qildi.

Uchrashuv vaqti biz uchun juda noqulay bo‘lganini aytib o‘tdim. Qatardagi mundial nega iyunda bo‘lib o‘tmadi? Sababi, ular issiqni hisobga olishgandi. Bu turnirda esa biz ob-havo sabab juda ko‘p energiya sarfladik", - dedi mutaxassis.

 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
dilshodbekqambarov405@gmail.com
18/06/2023 09:15
Ха хамма уйинни салкин вакитга тугрилаш кк эдида.