Tojikistonda o‘zbekcha final o‘tkazildi
O‘g‘il bolalar o‘rtasidagi bellashuvlarning finalida ikki tennischimiz – Aziz Dadaboev va Maksim Shin kuch sinashdi. Keskin va murosasiz o‘tgan o‘yinda Aziz 7:5, 6:2 hisobida zafar quchdi.
Tojkistonning Dushanbe shahrida Xalqaro tennis federatsiyasi tomonidan o‘tkazilgan musobaqada o‘smir tennischilarimizga teng keladigani topilmadi.
Juftlik lar o‘rtasida Aziz britaniyalik Daniel Veb bilan Said Akbarov va Behzod Rasamatovdan iborat o‘zbek tandemini 7:6, 6:1 hisobida engdi.
Fikrlar