
Tokio-2020. Sporchilarimizning bugungi chiqishlari yakunlandi
13:32. Shu bilan sportchilarimizning bugungi chiqishlari yakunlandi. 5 vakilimizdan 4tasi Olimpiada bilan xayrlashdi, Bahodir Jalolov esa keyingi bosqichga yo‘l oldi.
13:26. Fanat Qahramonov hakamlarning qaroriga ko‘ra 0:5 hisobida qozog‘istonlik bokschi Amanqul Abilxanga mag‘lub bo‘lib, Olimpiadani tark etdi.
13:23. Ikkinchi raundda Qahramonov nokdaun holatiga tushib qoldi. Ushbu raundda hakamlar qozog‘istonlik bokschini g‘olib deb bilishdi.
13:21. Birinchi raundni barcha hakamlar Fanat Qahramonov foydasiga qayd etdi.
13:13. -75 kg vaznda yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Fanat Qahramonov va qozog‘istonlik Amanqul Abilxan o‘rtasidagi o‘yin boshlanish arafasida.
9:18. Tursunoy Rahimova turkiyalik raqibi Buse Nazga imkoniyatni boy berdi. Hakamlarning tushunarsiz qarori sababli vakilimiz 2:3 hisobida mag‘lub bo‘ldi.
9:14. Ikkinchi raunddan so‘ng Tursunoy Rahimov oldinda bormoqda.
9:11. Birinchi raundda vakilimiz 4:1 hisobida g‘alaba qozondi.
9:02. BOKS, AYoLLAR: Birozdan so‘ng -51 kg vazn toifasida Tursunoy Rahimova va turkiyalik Buse Naz o‘rtasidagi jang boshlanadi.
8:24. DZYuDO: Muhammadkarim Hurramov ikkinchi bosqichda yaponiyalik dzyudochi Volf Aaronga qarshi bahs olib bordi va mag‘lubiyatga uchrab, Olimpiada bilan xayrlashdi.
8:09. G‘ALABA! Bahodir Jalolov ishtirokidagi jang kutilganidek g‘alaba bilan yakunlandi. Hakamlar vakilimizning 5:0 hisobidagi g‘alabasini qayd etdi.
8:04. Ikkinchi raundda Bahodir Jalolovning og‘ir zarbasidan so‘ng hisob ochildi. Bu raund ham hamyurtimiz foydasiga hal bo‘ldi.
8:01. Birinchi raundni vakilimiz to‘liq o‘z foydasiga hal etdi.
7:54. Jalolovga bu bosqichda ozarbayjonlik Mahammad Abdullaev raqiblik qiladi.
7:52. +91 kg vaznda yurtimiz shafarini himoya qilayotgan Bahodir Jalolovning janggi boshlanish arafasida.
7:41. Dzyudochimizdan g‘alaba! -100 kg vazn toifasida kurashayotgan vakilimiz Muhammadkarim Xurramovga dastlabki bosqichda irlandiyalik Benjamin Fletcher raqiblik qildi. Bellashuvda Xurramov vazari bahosi bilan bahs taqdirini o‘z foydasiga hal qildi. Keyingi bosqchida Muhammadkarimga yaponiyalik Aron Volf raqiblik qiladi.
7:25. Akademik eshkak eshuvchilarimiz Shaxboz Xolmurzaev va Sobir Safaraliev o‘z chiqishini yakunladi. S finalda vakillarimiz 6 jamoa ichida to‘rtinchi bo‘lib marraga etib keldi.
Quyida Olimpiadaning 6-kunida kurashga kirishadigan sportchilarimiz bilan tanishing:
7:20 - Akademik eshkak eshish: Shaxboz Xolmurzaev/Sobir Safaraliev (S final)
7:30 - Dzyudo: Muhammadkarim Hurramov
8:05 - Boks: Bahodir Jalolov
9:05 - Boks: Tursunoy Rahimova
13:15 - Boks: Fanat Qahramonov
Assalomu alaykum, muhtaram sport ixlosmandlari! Bugun, 29 iyun sanasida 5 nafar vakilimiz O‘zbekiston sharafini xalqaro maydonda himoya qiladi.
Fikrlar