Tokio 2020da Bahodir Jalolov uchun jiddiy raqobatchi paydo bo‘lmoqda

  • 1 oktabr, 2019, 15:32
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Meksika boks federatsiyasi og‘ir vaznda amaldagi jahon chempioni Endi Ruic Juniorni (33-1, 22 KO) kelasi yili Tokioda bo‘lib o‘tadigan Olimpiya o‘yinlarida o‘z mamlakatini himoya qilish uchun taklif qildi. Bokschi bu fikrdan xursand bo‘ldi va medallar uchun kurashishga tayyor ekanligini bildirdi.

Ma’lumki, reglamentga ko‘ra, professional bokschilar ham havaskorlar o‘rtasidagi turnirda ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘lgandi. 2016 yil Rio-de-Janeyroda bo‘lib o‘tgan Olimpiada o‘yinlari davomida bir nechta profi bokschilar ham ishtirok etgan. Ulardan biri sobiq jahon chempioni Hasan N’dam N’jikamni aytib o‘tishimiz mumkin.

Professional boksga o‘tishdan avval, Ruis 2008 yildagi Pekin Olimpiadasida ishtirok etishi mumkin edi. Lekin bu amalga oshmagan. Tokio Olimpiadasida ilk bora Meksikadan birinchi marta og‘ir vazn toifasidagi bokschi ishtirok etishi mumkin.

Hozirda, Ruis super og‘ir vazn toifasida WBA, WBO va IBF yo‘nalishlari chempioni hisoblanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!