Tolisso portladi: “Lion”da nimalar bo‘lyapti?
Tanaffus kutilgan natijani bermadi. Xalqaro oʻyinlar tufayli yuzaga kelgan tanaffusga qadar ketma-ket sakkiz oʻyinda gʻalaba qozona olmagan lionliklar, shu yakshanba kuni “Anje” bilan bahsda yana durangga (0:0) imzo chekdi. Uchrashuv yakunida Korenten Tolisso bergan intervyusida oʻz jamosidan hafsalasi pir boʻlganini yashirmadi.
- Hafamiz, biz bu yerda gʻalaba qozonishni juda xohlagandik. Chunki bilsak, agar bugun yutsak, oqshomgi natijalarga koʻra potensial 3-oʻringa koʻtarilishimiz mumkin edi.
Ushbu omadsiz seriya haqida nima deyishim mumkin? Bu juda ogʻir, buni hamma koʻrib turibdi. Biz yomon holatga tushib qoldik va oʻyinlarda gʻalaba qozonish qiyin boʻlyapti.
Hozir sizga bor kuchimiz bilan ishlayotganimizni, ammo mehnatimiz samara bermayotganini aytishdan boshqa gapim yoʻq. Mavsum yakuniga qadar yana oltita oʻyin qoldi, jadvalning yuqori qismidan joy olish uchun ularning barchasida gʻalaba qozonishimiz shart.
Lekin bir narsa aniq — biz taslim boʻlmaymiz. Hali hammasi tugagani yoʻq, - yoʻq deb fikr bildirdi jamoaning asosiy oʻyinchilaridan hisoblangan Korenten Tolisso.
Fikrlar