Tonali: "A Seriya saviyasi tobora o‘sib bormoqda"
Italiya terma jamoasi yarim himoyachisi va "Nyukasl" futbolchisi Sandro Tonali A Seriya chempionati haqida fikr bildirdi. Sobiq "Milan" a’zosi unga ortga qaytish ehtimoli haqidagi savolga javob berdi.
"Hech qachon nima bo‘lishini oldindan bilolmaysan. Hammaga aytaman — bu mumkin. Men Italiyaga eshiklarni yopmaganman, u mening vatanim.
Hozir emas, chunki "Nyukasl"da o‘z muvozanatimni topdim, lekin aytmoqchimanki, liga yil sayin yaxshilanib bormoqda, jamoalar darajasi oshib bormoqda", — dedi Tonali "Vivo Azzurro" nashriga bergan intervyusida.
Fikrlar