Tonali uchun APL chempioni ham da’vogarlik qila boshladi

  • 22 yanvar, 2020, 11:10
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Sky Sports nashriga ko‘ra, "Breshiya" xavbeki Sandro Tonali "Manchester Siti" qiziqishlari doirasiga kirdi.

Tecno

"Shaxarliklar" ustozi Xosep Gvardiola yozgi transfer oynasi vaqtida 19 yoshli italiyalik futbolchi bilan jamoasini kuchaytirish niyatida.

Ispaniyalik mutahassis "yangi Pirlo" nomi bilan atalayotgan yarim himoyachini Fernandinoning o‘rinbosari sifatida ko‘rmoqda.

Eslatib o‘tamiz, yosh iqtidor egasi uchun "Manchester Yunayted", "Yuventus", "Inter" va PSJ qiziqish bildirayotgan edi.

Joriy mavsumda italiyalik A Seriyada 19 o‘yinda maydonga tushib, 1 gol va 4 ta gollik uzatma muallifiga aylangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!