Asosiy mazmunga oʻtish

Tennis

"Torneo Villa de El Espinar". Denis Istomin tayyor g‘alabani qo‘ldan chiqardi

Izohlar: 0

Istomin 3 setda 5:2 hisobida oldinda borayotgandi

Ispaniyaning El-Espinar shahri mezbonlik qilayotgan Kastiliya va Leon ochiq chempionatining yakkalik bahslarida kuchlilar saralanmoqda.

Biz uchun ahamiyatlisi, Denis Istomin 1/16 final bosqichida rossiyalik Alibek Kachmazovga qarshi kortga chiqdi. Dastlab, raqibiga birorta geym bermagan Denis ikkinchi setni 4:6 hisobida boy berdi. Hal qiluvchi setda tay-breykka murojaat etildi. Unda Alibek 7:4 hisobida zafar quchdi. Yakuniy hisob - 0:6, 6:4, 7:6(7:4), Kachmazov foydasiga. 

Endi u chorak finalda turnirning birinchi tartib raqamli tennischisi, portugaliyalik Nunu Borjesga qarshi kortga chiqadi.

Ma’lumot uchun, Istomin 3 setda 5:2 hisobida oldinda borayotgandi. Biroq raqib iroda namoyish etib, g‘alabani o‘z tomoniga og‘dira oldi.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q