Tortishuvdan so‘ng, Messiga tupirishdi (foto)

  • 13 oktabr, 2023, 14:41
  • 0
  • Futbol

2026 yilgi jahon chempionatining Argentina va Paragvay o‘rtasidagi saralash uchrashuvida xunuk holat yuz berdi.

O‘yin chog‘ida Paragvay etakchi o‘yinchilaridan Antonio Sanabriya raqiblar sardori Lionel Messi bilan tortishib qoldi. Keyin messi uning yonidan o‘tib ketayotanida paragvaylik futbolchi Leoning orqasidan unga tupirdi. Bu vaziyat teletranslyatsiya vaqtida kameralar ob’ektiviga tushib qoldi.

xPMigGdq-FU

Bu holatga uchrashuvni boshqarib borgan hakam  e’tibor qaratgani yo‘q.

Janubiy Amerika mintaqasining saralash musobaqasi uchinchi turidan o‘rin olgan bu bahsda amaldagi jahon chempionlari 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Bu guruhda argentinalik yuz foizlik natija bilan peshqadamlik qilmoqda. Paragvayliklar esa uchta o‘yinda atigi bir ochkoni qo‘lga kiritgan xolos.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!