Asosiy mazmunga oʻtish

Dzyudo

Toshkent “Katta dubulğa” turniri qanday o‘tdi?

Javohir Malikov
Izohlar: 0

Ushbu muoobaqaga oid qiziqarli faktlar bilan tanishing.

Xabaringiz bor, 27 fevraldan 1 martgacha Toshkent shahri dzyudo bo‘yicha “Katta dubulğa” tasnifiga kiruvchi turnirga mezbonliq qildi. Quyida ushbu muoobaqaga oid qiziqarli faktlar bilan tanishing.

  1. O‘zbekiston terma jamoasi turnirni 1 ta oltin, 3 ta kumush va 4 ta bronza medal bilan yakunladi;
  2. Shukurjon Aminova dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi uchun 2026-yil “Katta dubulğa” turnirlaridagi ilk oltin medalni keltirdi;
  3. O‘zbekistonlik dzyudochilar “Katta dubulğa” turnirida so‘nggi bor 2025-yil 25-iyul kuni Ulan-Batorda (Mo‘g‘uliston) oltin medalga ega chiqqan edi. Ushbu medal muallifi – Abdurahim Nutfulloev (-66 kg).
  4. O‘zbekistonlik ayol dzyudochilar orasida “Katta dubulğa” tasnifida so‘nggi oltin medal 2024-yil 16-fevral kuni Boku (Ozarbayjon) turnirida qayd etilgan. Ushbu medal muallifi – Diyora Keldiyorova (-52 kg);
  5. Shukurjon Aminova Diyora Keldiyorovadan keyin “Katta dubulğa” turnirlarida oltin medal qo‘lga kiritgan ikkinchi o‘zbekistonlik ayol dzyudochi bo‘ldi; Ushbu muvaffaqiyati bilan Sh. Aminova -57 kg vazn toifasida jahon reytingining 8-pog‘onasiga ko‘tarildi.

Bu haqida O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q