Asosiy mazmunga oʻtish

Toshkent viloyati qizlari futzal bo‘yicha U15 O‘zbekiston chempionati g‘olibi bo‘ldi

Suhrob Xolbekov
Izohlar: 0

Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi konstitusiyasining 28 yilligiga bag‘ishlangan futzal bo‘yicha qizlar o‘rtasida U15 O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tdi.

Ikkinchi bor o‘tkazilgan mazkur musobaqada Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan tashrif buyurgan tashrif buyurgan futzal bo‘yicha 14 jamoa 4 guruhga bo‘lingan holda kurash olib bordi.

Guruhda 1- va 2-o‘rinni egallagan 8 jamoa 5 dekabr kuni chorak final bellashuvlarida ishtirok etdi.

Unda g‘olib bo‘lgan Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda Qashqadaryo va Toshkent viloyati jamoalari yarim final bosqichida bahs olib bordi. Kecha kunning ikkinchi yarmida bo‘lib o‘tgan final uchrashuvi yo‘llanmasi Toshkent viloyati va Qoraqalpog‘iston vakillariga nasib etdi.

Murosasiz kechgan final uchrashuvining asosiy vaqti 1-1 hisobidagi durang bilan yakuniga etdi va g‘olib penaltilar seriyasida aniqlanadigan bo‘ldi. Penaltilar seriyasida omad Toshkent viloyati qizlariga kulib boqdi (3-2) va ular chempionlikni qo‘lga kiritdi.

Futzal bo‘yicha qizlar o‘rtasida U15 O‘zbekiston chempionati
1-o‘rin Toshkent viloyati
2-o‘rin Qoraqalpog‘iston Respublikasi
3-o‘rin Qashqadaryo viloyati
3-o‘rin Toshkent shahri

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q