Toshkent yana bir yirik xalqaro musobaqaga mezbonlik qildi
12–13 sentabr kunlari "JAR" sport majmuasida jiu-jitsu bo‘yicha "Tashkent International Open" turniri bo‘lib o‘tdi.

Musobaqada O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Qozog‘iston, Rossiya, Turkmaniston, Braziliya, Buyuk Britaniya va Turkiyadan kelgan 900 nafaridan ortiq sportchi ishtirok etib, g‘oliblik uchun bahs olib bordi.
Ikki kun davom etgan turnirda bolalar va kattalar yosh toifasida qiziqarli bellashuvlar bo‘lib o‘tdi. Sportchilar yuqori mahorat va kuchli raqobat namoyish etib, muxlislarga yorqin bahslarni taqdim qildi.

Bolalar o‘rtasidagi umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni "Uzbekistan Top Team" egalladi. Ikkinchi o‘rin "Hectors House", uchinchi o‘rin esa "Grappling Baza" jamoasiga nasib etdi.
Kattalar bahsida ham "Uzbekistan Top Team" chempionlikni qo‘lga kiritdi. Tojikistonning "Team Boymurodov" jamoasi ikkinchi, Qirg‘izistonning "Jalal-Abad Jiu-Jitsu" jamoasi esa uchinchi o‘rinni egalladi.

Musobaqa yakunida g‘olib jamoalar homiylar tomonidan pul mukofotlari bilan taqdirlandi.
Birinchi o‘rin — 1000 dollar.
Ikkinchi o‘rin — 500 dollar.
Uchinchi o‘rin — 300 dollar.

Fikrlar