Toshkentda o‘smirlar futboli bo‘yicha FIFA elit kurslari bo‘lib o‘tdi

  • 26 avgust, 2019, 13:05
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi mamlakatimizda bolalar va o‘smirlar futbolini yanada rivojlantirish maqsadida bir qator chora-tadbirlarni amalga oshirib kelmoqda.

Tecno

Jumladan, 19 avgust kuni “Chig‘atoy” sport bazasida bolalar va o‘smirlar futboli bo‘yicha FIFA elit kurslari start olgan edi. O‘FA hamda FIFA hamkorlikda tashkil etgan mazkur kurslarni FIFA va OFK instruktori, OFK tehnik konsultanti Islom Ahmedov olib bordi.

O‘quv jarayoni o‘z ichiga amaliy va nazariy mashg‘ulotlarni qamrab oldi. Qolaversa,  guruhlarda ishlash hamda umumiy tahlil jarayoni ham o‘tkazildi.

Ushbu kurslardan ko‘zlangan asosiy maqsad – yurtimizda bolalar va o‘smirlar futbolini rivojlantirish, qolaversa mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan futbol akademiyalari samaradorligini yanada oshirish sanaladi.

Shu boisdan kurslarda O‘FA qoshidagi futbol akademiyalari tehnik direktorlari, shuningdek, klublar qoshida faoliyat olib borayotgan futbol akademiya va maktablari direktorlari ishtirok etishdi.

637d94576a7435f2ec03f322d4a4e3b0459182f4

Kecha o‘smirlar futboli bo‘yicha FIFAning elit kurslari yakunlandi. Kurs qatnashchilariga sertifikatlarni O‘FA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov topshirdi.

Ushbu kurslarda tahsil olgan mutaxassislar yangi ko‘nikmalarini endilikda o‘z ish faoliyatlarida tatbiq etishadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!