"Tottenxem" 20 yoshli futbolchisini 100 million funtga sotmoqchi

Angliyaning “Tottenem” klubi 20 yarimhimoyachisi Dele Allining tarnsfer narxini e’lon qildi.

Klub prezidenti Deniel Levining The Times nashriga ma’lum qilishicha, jamoa Angliya terma jamoasining yosh futbolchisini 100 million funtga sotishini ma’lum qilgan.

Manbada keltirilishicha, klub shu orqali 2018 yilda yangi stadion topshirilgunga qadar yulduz futbolchilarni o‘z tarkibida saqlab qolmoqchi.

Qayd etish joiz, Dele Alli Angliya chempionati doirasida 16 o‘yinda maydonga tushib, 4 ta gol va 3 samarali pasga mualliflik qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!