
"Tottenxem" Andre Gomesh uchun asosiy da’vogar jamoaga aylandi
Mavsumni "Everton"da ijara asosida o‘tkazayotgan Andre Gomesh faoliyatini "Tottenxem"da davom ettirishi mumkin.
"Barselona" xavbeki "Everton" safida ajoyib o‘yinlari bilan APLning bir nechta klublarining nazariga tushdi. "Tottenxem" esa ular orasida Gomesh uchun asosiy da’vogarlar biri bo‘lib turibdi. "Shporlar" Gomesh transferi uchun 30 million evro sarflashga tayyor.
O‘z navbatida "Everton" ham Andre Gomesh bilan yangi shartnoma imzolashni istamoqda.
Fikrlar