«Tottenxem» futbolchisi «Real» va «Barselona» takliflarini ko‘rib chiqishga tayyor
«Tottenxem» himoyachisi Pedro Porro «Real» yoki «Barselona»ga o‘tish uchun Ispaniyaga qaytish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.
Londonning «Tottenxem» klubi himoyachisi Pedro Porro Ispaniyaning ikki grandidan biriga o'tishga qarshi emas. Bu haqida Football Insider nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, futbolchi Ispaniyaga qaytishga jiddiy qiziqmoqda va «Real» yoki «Barselona»dan tushadigan takliflarni ko'rib chiqishga tayyor. Qayd etilishicha, jahon chempionatidagi g'alabadan so'ng Porro klublar miqyosida ham nufuzli sovrinlar uchun kurashishni maqsad qilgan. Himoyachi bu maqsadga amaldagi «Tottenxem» tarkibida erishish mumkinligiga shubha qilmoqda.
27 yoshli Porro joriy mavsumda barcha musobaqalarda 4 ta uchrashuvda ishtirok etdi, ammo gol yoki golli uzatma bilan ajralib turmadi.
Transfermarkt portali mutaxassislari futbolchining bozor qiymatini 45 million evroga baholamoqda.

Izohlar (0)