"Tottenxem" himoyachi jamoani tark etishi mumkin

Belgiyalik futbolchining agenti mijozining kelajagi borasidagi savollarga javob berdi:

"Biz barcha tomonlarni hisoblab chiqyapmiz. Yanning transferiga qiziqish bildiruvchilar ko‘p, ayniqsa u yozda erkin agentga aylanadi. O‘z navbatida, "Tottenxem"dan ham yaxshi taklif bor. Uning uchun barcha eshiklar ochiq. Vertongen hali ham londonliklar bilan katta natijalarga erisha olishiga ishonmoqda. Evrokuboklarga yo‘llanma olish jamoaning asosiy maqsadi hisoblanadi".

Ma’lumot uchun, 32 yoshli futbolchi 2012 yildan beri "shporlar" sharafini himoya qilib kelmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!