
"Tottenxem" Keyn ketsa, o‘rniga kimni sotib olmoqchi?
"Tottenxem" klubi "Flamengo" hujumchisi Pedro Abreuga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda The Independent nashri xabar tarqatmoqda.
Manbaga ko‘ra, "shporlar" "Bavariya" va PSJ tomonidan jiddiy qiziqish bildirilayotgan hujumchisi Xarri Keyn jamoadan ketgan taqdirda aynan 26 yoshli braziliyalik futbolchining nomzodini unga o‘rinbosar sifatida ko‘rib chiqmoqda.
Ma’lumot uchun, Pedro 2022 yilgi jahon chempionati ishtirokchisi, 2022 yilgi Libertadores kubogi g‘olibi. U Braziliya chempionatining joriy mavsumida 12 ta o‘yinda 4 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.
Fikrlar