“Tottenxem” kutilmaganda Harri Keynni qaytarib olmoqchi bo‘lyapti

  • 14.07.2026 11:55
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Londonning “Tottenxem” klubi muvaffaqiyatsiz yakunlangan o‘tgan mavsumdan keyin jamoa tarkibini qayta shakllantirishga alohida e’tibor qaratmoqda.

Ana shu jarayonda klub rahbariyati Bundesliga chempioni “Bavariya”dan hujumchi Harri Keynni jamoaga qaytarish variantini ko‘rib chiqmoqda.

Bu haqida TEAMtalk nashri xabar berdi.

Biroq manba ma’lumotiga ko‘ra, Myunxenning “Bavariya” klubi Yevropaning yirik jamoalari, jumladan “Tottenxem” tomonidan qiziqish ortib borayotganiga qaramasdan, Keyn bilan shartnomani uzaytirishga ishonchi komil.

“Bavariya” rahbariyati bir necha oydan beri Keyn va uning vakillari bilan muzokaralar olib bormoqda va klub ichida deyarli hech kim kelishuvga erishilmasligiga ishonmaydi. Manbalarning ta’kidlashicha, Keyn bilan shartnomani uzaytirish faqat vaqt masalasi hisoblanadi.

Hujumchi 2013 yildan 2023 yilgacha “Tottenxem” safida to‘p surgan va birorta sovrinni qo‘lga kirita olmaganidan keyin “Bavariya”ga o‘tishga qaror qilgan edi.

O‘tgan mavsumda 32 yoshli ingliz futbolchisi 51 ta o‘yinda maydonga tushib, 61 ta gol urdi hamda 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!