"Tottenxem" muxlislari norozilik aktsiyasi uyushtirmoqchi

  • 11 iyul, 2020, 13:42
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Tottenxem" klubi muxlislari Deniel Levi va uning investorlik kompaniyasi boshqaruvidan norozi, deya xabar bermoqda The Telegraph nashri.

Tecno

Klub fanatlari "Arsenal"ga qarshi o‘yin oldidan maxsus samolyotga buyurtma qilishdi. Ushbu samolyot o‘yin vaqtida maxsus banner bilan stadion uzra uchib o‘tadi.

Jamoa muxlislar kengashi raisi bu aktsiya so‘nggisi emasligi va davom ettirilishi haqida ta’kidlab o‘tdi.

"Bu etarli emas. Biz EChL finaliga chiqqanimizda "Liverpul" bilan bir qatorda edik, endi esa ulardan o‘n qadam ortdamiz.

Biz hatto yomon mavsum o‘tkazayotgan va uch marotaba murabbiy almashtirgan "Arsenal"dan ham orqadamiz. Levi va ENIC klubga ko‘proq mablag‘ sarflashi kerak. Bu orqali ularning e’tiborini qarata olishga umid qilamiz", - deydi muxlis.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!