"Tottenxem" yangi hujumchi topdi

  • 6 dekabr, 16:50
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Tottenxem" hujum chizig‘ini kuchaytirish uchun "Brentford" futbolchisi Igor Tiagoni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Bu haqda "Caught Offside" nashri xabar bermoqda.

Tecno

Manbada yozilgan ma’lumotlarga ko‘ra, "shporlar" Igorni Xarri Keyni vorisi sifatida ko‘rmoqda. 24 yoshli hujumchini sotib olish uchun asosiy da’vogar London klubi hisoblanmoqda. Shuningdek futbolchiga "Aston Villa" va "Nyukasl" klublari ham qiziqish bildirmoqda. 

Forvardni hozirda "Transfermarkt" portalidagi narxi 22 million evroni tashkil etadi.

Eslatib o‘tamiz, Igor joriy mavsum "Brentford" safida 15 ta uchrashuvda maydonga tushib, 12 ta gol kiritishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!