
"Tottenxem" yarim himoyachisi Turkiya chempionatiga yo‘l olishi mumkin
"Tottenxem" yarim himoyachisi Tangi Ndombele Turkiya chempionatiga yo‘l olishi mumkin. Unga "Galatasaroy" qiziqish bildirmoqda.
"Fanatik" nashri xabar berishicha, "Galatasaroy" frantsuz bilan kelishuvga erishgan va "shporlar"ga 8 million evrolik taklif yuborgan. Ammo London klubi 10 million evro istamoqda.
Eslatib o‘tamiz, Ndombele o‘tgan mavsumni "Napoli" tarkibida o‘tkazdi. U neapolliklar safida 40 ta o‘yinda qatnashib, 3 ta golda ishtirok etdi.
Fikrlar