"Tottenxem"ning muhim futbolchisi uzoq muddatga safdan chiqdi

  • 07.08.2025 18:10
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol

"Tottenxem" yarim himoyachisi Jeyms Meddison tizzasidan jiddiy jarohat oldi.

"BBC Sport" xabariga ko‘ra, 28 yoshli futbolchining tizzasidagi oldingi xochsimon boylami uzilgan. Yaqin kunlarda Meddison jarrohlik amaliyotidan o‘tadi va uzoq muddatli tiklanish jarayonini boshlaydi.

Yarim himoyachi 2025-2026 yilgi mavsumning katta qismini o‘tkazib yuborishi mumkin. Ma’lumot uchun, Jeyms Meddison yaqinda Osiyoda "Nyukasl"ga qarshi o‘tkazilgan o‘rtoqdik uchrashuvida jarohat olgan edi. Futbolchi zaxiradan maydonga tushgach ko‘p o‘tmay zambilda maydonni tark etishga majbur bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, Meddison "Tottenxem" safida jami 75 ta o‘yin o‘tkazib, 16 ta gol urgan va 21 ta golli uzatma bergan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!