
Tottining otasi koronavirusdan vafot etdi
"Roma" klubi va Italiya terma jamoasi afsonasi Franchesko Tottining otasi Entso koronavirusdan vafot etdi. Bu haqda itasportpress.it xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, 76 yoshli Entsoda koronavirus aniqlanganiga uncha ko‘p vaqt bo‘lmagan. Ammo u bungacha boshqa kasalliklar bilan kurashib kelayotgan edi.
Totti shu yoz otasi bilan birga tushgan suratini ijtimoiy tarmoqdagi sahifasiga joylagan va quyidagi izohni qoldirdi: “Siz menga o‘rgatgan barcha narsalaringizni men bolalarimga, nevaralaringizga beraman”.
Fikrlar