Transfer oynasining so‘nggi kunidagi top 5 voqea

  • 8 fevral, 2020, 18:23
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

 

Tecno
                 
Transfer oynasi yakuni, xoh u qishki bo‘lsin, xoh yozgi bo‘lsin, bu eng hayajonli daqiqalarni taqdim etadi. Turli mish-mishlardan charchagan muxlislar ayni o‘sha daqiqalarda sevimli jamoalaridan syurprizlar kutishadi.
Oxirgi kunda nafaqat dramalar, balki, aqlga sig‘mas hodisalar ham ro‘y beradi. Keling, futbol tarixidagi eng hayratlanarli dedlaynlarga to‘xtalib o‘tamiz.
 
5. Robino jamoasini adashtirib qo‘ydi (2008)
Robinho
2008 yilning yozgi transferi juda qiziqarli bo‘lgandi. Ko‘proq Robino bilan bog‘liq vaziyat tufayli esda qolgan. Hamma uni “Chelsi” bilan shartnoma imzoladi deb turgandi.
 
Futbolchining o‘zi ham “Stemford Bridj”ga borishini tasdiqladi. Lekin oxirgi soniyalarda hammasi o‘zgarib ketdi. “Manchester Siti” hammasini kuzatib turgan edi, natijada Robino Londonga bora olmadi. “Chelsi” futbolchi ismi tushirilgan futbolkalarni bosishga buyurmoqchi bo‘lib turgan edi. 
 
32,5 mln evro to‘langach, braziliyalik futbolchi “Siti” tomon yo‘l oldi. Hattoki, press-konferentsiyada u yangi jamoasi bo‘lmish “shaharliklar”ni emas, London jamoasini adashtirgan holda tabriklab o‘tdi.
 
4. Buzilgan faks David De Xeaga xalaqiy berdi (2005)
De Xea
Elektron pochta va yuqori tezlikdagi internetning paydo bo‘lishi tufayli, faks xabarlarni etkazish uchun qulay vosita bo‘lib qoldi. “Real” ham 2015 yilda faksdan foydalangan edi. Ammo o‘sha faks tufayli David “Manchester Yunayted”dan “Real”ga o‘ta olmay qolgandi. 
 
Ikkala jamoa ham transfer borasida kelishib olishgandi (29 mln funt va Keylor Navasni berishmoqchi edi madridliklar). Ammo oxirgi soniyalarda hammasi boshqacha bo‘ldi. Hattoki, Van Gal ham bir oyog‘i bilan Madridda bo‘lgan De Xeani maydonga tushirmay qo‘ygan edi. U hech qaerga ketmadi. Hammasiga o‘z vaqtida etib bormagan, buzilgan faks aybdor edi. 
 
“Qaymoqranglilar” rahbariyati bunda Angliya jamoasini aybladi. Nima bo‘lgan taqdirda ham De Xea hali ham Manchesterda va u jamoaning ishonchli futbolchilaridan biri hisoblanadi. 
 
3. Rayan Babelning vertolyotdagi manzilsiz sayohati
 
2010 yil avgust oyi. Transfer oynasi yopilyapti. Hamma Babelni “Liverpul”dan ketishini kutayotgandi. “Enfild Roud”da o‘tkazgan 3 mavsumi davomida u jamoaning asosiy figurasiga aylana olmadi. 2010 yilda “Tottenxem” va “Vest Xem” unga qiziqish bildirishdi. 31 avgust kuni barcha jurnalistlar Babelning vertolyotga o‘tirganini va Londonga yo‘l olayotganini yoza boshladi. 
 
Bir necha soatdan so‘ng esa, futbolchi Twitter sahifasida hech qaerga ketmayotgani borasida yozadi. 5 mlnlik transfer kelishib qo‘yilganiga qaramasdan, Babel “qizillar” safida qoladi.
 
2. Bendjani Mvaruvari samolyotga kech qoldi
 
Bendjani Mvaruvari “Portsmut”da 2007-08 yilgi mavsumda o‘zining eng yuqori darajadagi o‘yinlarini ko‘rsatgan edi. O‘sha mavsumda Bendjani 23 o‘yinda 12 ta gol urgandi. Transfer oynasi ochilgan paytda juda ko‘plab jamoalar unga qiziqish bildira boshlashdi. “Manchester Siti” futbolchi uchun 8 mln funt taklif qildi.
 
Bendjanini o‘zi “shaharliklar” libosini kiyishni istamadi shekilli, “tasodifan” Sautgemptondan Manchesterga uchadigan 2 ta samolyotga kech qoldi. Lekin kechiksa ham “Siti”ning mashg‘ulotlar bazasiga 11:10 da etib borgan edi. Ammo transfer oynasi yopilib bo‘lgandi.
Bunday holatdan hamma norozi edi. Futbolchi: “buning hammasiga charchoq sababchi” – deya o‘zini oqladi. “Portsmut” esa endi hujumchiga tarkibdan qanday joy berish haqida o‘ylar edi, axir, uning o‘rniga Djermeyn Defo allaqachon sotib olingan edi. 
 
Lekin APL ruxsati bilan baribir “Siti” futbolchini sotib oldi. O‘n yildan so‘ng Xarri Rednapp (“Portsmut”ning sobiq murabbiyi) Bendjani atayin kech qolgani, “charchoq” esa ketishni istamagan futbolchi uchun shunchaki bahona bo‘lgani haqida gapirib o‘tdi. 
 
1. Piter Odemvinge “Loftus Roud”ga yugurib bordi (2013)
Piter
Yanvardagi transfer oynasi kamdan-kam hollarda qiziq voqealar bo‘ladi. Lekin 2013 yilgi transfer oynasi hech kimni zeriktirib qo‘ymadi. Angliyada hamma Piter Odemvingening yomon xulqini muhokama qilardi.
 
Nigeriyalik futbolchi “Vest Bromvich” safida 2 mavsum to‘p surdi. Keyin esa klubdan o‘zini sotishni so‘radi.  Lekin rahbariyat bunga rozi bo‘lmadi. Futbolchi esa o‘z bilganidan qolmadi va o‘ziga jamoa qidira boshladi. Yakunda “QPR” ideal variant degan qarorga keldi. 
 
Londonliklar bildirgan taklifga rad javobini olgach, Piter ijtimoiy tarmoqlarda shikoyat qila boshladi. Dedlayn yaqinlashganda esa, futbolchi Londonga uchib bordi. “Loftus Roud” stadioniga esa uni kiritishmadi. 
 
Piter ortga qaytishga majbur bo‘ldi. “Vest Brom” esa futbolchini kechirmadi. Odemvinge esa “Kardiff”ga o‘tdi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!