Transferlar oynasini yondirgan "Liverpul" qancha pul sarfladi?

  • 02.09.2025 16:06
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol

"Liverpul" yozgi transferlar uchun futbolchilarga katta summada pul sarfladi. Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, yozgi transfer oynasida "qizillar" yangi kelgan futbolchilar uchun 481,9 million evro sarflagan.

Bu pullar Aleksandr Isak (144 million evro), Florian Virts (125), Ugo Ekitike (95), Milosh Kerkes (46,9), Jeremi Frimpong (40), Jovanni Leoni (31) kabi futbolchilarni sotib olishga sarflangan.

"Liverpul"ning xarajatlari 500 million evrodan oshishi mumkin edi, ammo "Kristal Pelas"dan himoyachi Mark Gexining transferi amalga oshmadi.

Qizig‘i, Saudiya Arabistoni ligasi klublari yozgi transferlarga "Liverpul"dan ham kamroq - 473,52 million evro sarflagan. Biroq, saudiyaliklar yana to‘qqiz kun futbolchilarni o‘z safiga qo‘shib olishi mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!