Trent Aleksander-Arnold kelajagi bo‘yicha qaror qabul qildi
Muhammadqodir Ruzmatov
«Real» himoyachisi Trent Aleksander-Arnold klubda qolib, asosiy tarkib uchun kurashishga qaror qildi
«Real» himoyachisi Trent Aleksander-Arnold kelajagi borasida bir qarorga keldi. Futbolchiga «Chelsi» va «Liverpul» klublari qiziqish bildirmoqda. Biroq ingliz futbolchisi Madrid jamoasida qolib, asosiy tarkibdan joy olish uchun kurashish niyatida. Bu haqida insayder Grem Beyli ijtimoiy tarmoqlarda xabar berdi.
Trentni «Real»da qolishga yaxshi maosh va yuqori sport maqsadlari undamoqda. Himoyachi asosiy tarkibda mustahkam o‘rin egallay olishiga ishonmoqda.
Avvalroq Joze Mourinyo Trentning o‘yinidan norozi ekani va futbolchi bilan xayrlashmoqchi bo‘layotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Izohlar (0)