Tripper uchun kurashga "Bavariya" ham qo‘shildi

  • 13.07.2019 22:19
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Londonning “Tottenxem” klubi himoyachisi Kiran Tripper “Bavariya”ning qiziqishlar doirasiga kirib qoldi. Bu haqda Sky Sports nashri xabar bermoqda.

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra nemis grandi mavsumlar oralig‘ida o‘zining o‘ng qanot himoyasini kuchaytirmoqchi va bu borada 28 yoshli angliyalik futbolchi ularning asosiy transfer nishoniga aylangan. Aytish kerakki, Tripper myunxenliklar safida Yozua Kimmixga o‘rindosh sifatida to‘p surishi mumkin.

O‘z navbatida “shporlar” ham Tripperni sotib yuborishga tayyor. Unga esa “Bavariya”dan tashqari “Atletiko” hamda “Yuventus” klublari ham qiziqish bildirishmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!