TsSKA hujumchisi Turkiyaga ko‘chib o‘tmoqda

  • 13.08.2024 19:18
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol

TsSKA Adolfo Gaychning ketishini e’lon qildi.

Argentinalik hujumchi sotib olish optsiyasi bilan mavsum oxirigacha ijara asosida "Antalyaspor"ga o‘tdi.

Gaich o‘tgan mavsumni "Rizespor"da ijara asosida o‘tkazgandi. Bungacha 25 yoshli futbolchi "Verona", "Ueska" va "Benevento" jamoalarida ham to‘p tepgan.

Ma’lumot uchun, Forvardning TsSKA bilan shartnomasi 2026 yilda yakuniga etadi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!