
TsSKA o‘z tarkibiga braziliyalik futbolchini qo‘shib oldi
"Vasko Da Gama" futbolchisi Lukas Santos faoliyatini Rossiyaning TsSKA klubida davom ettiradigan bo‘ldi.
20 yoshli futbolchini moskvaliklar sotib olish huquqi bilan ijaraga olishdi.
Avvalroq, TsSKA futbolchining ijarasi uchun 200 ming evro to‘lashi ma’lum bo‘lgan.
Ma’lumot uchun, Santos Braziliyaning yangi mavsumida, 3 ta bahsda maydonga tushishga ulgurgan.
Fikrlar