TsSKAning qozog‘istonlik futbolchisi Shomurodov haqida gapirdi

  • 4 noyabr, 2022, 19:58
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Moskvaning TsSKA futbolchisi Baxtiyor Zaynutdinov "Rostov"dagi sobiq jamoadoshi Eldor Shomurodov bilan munosabatlari haqida gapirdi:

“Men Shomurodov bilan gaplashib turamanmi? Men u bilan doimo aloqadaman, ko‘pincha qo‘ng‘iroqlashib turamiz. Undan mashg‘ulotlar qanday kechayotgani haqida so‘rayman. Italiyada futbol saviyasi qanday ekanligi menga qiziq tuyuladi. U meni Rimga taklif qildimi? Ha, sayyoh sifatida taklif qildi", — dedi "armiyachilar" yarim himoyachisi klub rasmiy sayti bergan intervyusida. 

Eslatib o‘tamiz, 16 noyabr kuni O‘zbekiston va Qozog‘iston terma jamoalar o‘zaro o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi. Bellashuv Toshkentdagi "Paxtakor" stadionida bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!